Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






WBA reytingi. O‘zbek bokschlari qaysi o‘rinlarni egallab turibdi?
3.01.2021 14:33,  
641

Unga ko‘ra, reytingdan olti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi - bu haqida olamsport xabar bermoqda.     Bu oy bokschilarimizning reytingdagi  ko‘rinishi quyidagicha:


E’lon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev shuningdek IBF yo‘nalishi chempioni ham hisoblanadi. 
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz - Shahram Gʻiyosov olti, Shohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi. 
Birinchi o‘rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (-76,2 kg) esa 14-o‘rinda qolgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo‘lib turibdi.  
Yarimog‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To‘laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o‘rinda qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан