Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






WhatsApp'da 50 kishilik videokonferensiya qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
19.05.2020 12:40,  
178

Facebook kompaniyasi aprelning oxirida Zoom servisining raqobatchisi – Messenger Rooms servisini taqdim etgan edi. Endi esa uni WhatsApp messenjeriga ham integratsiya qildi.

Messenger Rooms servisi 50 nafargacha kishi ishtirokida guruhli videochatlar o‘tkazish imkonini beradi. Uni dastlab WhatsApp Web desktop ilovasiga o‘rnatishgan edi. Endi esa Android hamda iOS tizimlariga mo‘ljallangan WhatsApp kliyentlarida ham Messenger Roomsʼga o‘tkazuvchi havolalar paydo bo‘ldi.

Hozircha bu funksiya messenjerning beta-versiyalarida (Android uchun 2.20.163, iOS uchun esa 2.20.52.6 raqamli jamlanmalarda) mavjud.

Mazkur talqinlarni o‘rnatib olgan WhatsApp testerlari bevosita shu messenjerning o‘zidan turib Messenger Rooms guruhli video qo‘ng‘iroqlarini yaratishlari va unga suhbatdoshlarni taklif etishlari mumkin.

WhatsAppʼning ushbu imkoniyatidan hozircha AQSh va boshqa ayrim mamlakatlardagi yuzerlar foydalana olishadi. Uning barqaror talqiniga Messenger Rooms keyinroq rasman va to‘liq qo‘shiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан