Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Wiki-stipendiya» marafoni e’lon qilindi
16.05.2022 20:56,  
609

Vikipediya ochiq internet ensiklopediyasiga maqolalarning 63 foizi ingliz tili, 6,9 foizi rus tili, 4 foizi turk tili va boshqa tillarda kiritilgan. Afsuski, o‘zbek tilidagi maqolalar 0,1 foizdan ham kam ko‘rsatkichni tashkil qiladi.

Yoshlar ishlari agentligi, AOKA hamda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi wikimedia guruhi foydalanuvchilari bilan hamkorlikda «Wiki-stipendiya» marafoni e’lon qilindi. Bundan asosiy maqsad internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi foydali ma’lumotlarni ko‘paytirish.

G‘oliblar:

🥇1-o‘rin 50 mln so‘m;

🥈2-o‘rin 40 mln so‘m;

🥉3-o‘rin 30 mln so‘m;

Eng faol beshtalikning har biri 20 mln so‘m, eng faol o‘ntalikning har biri esa 10 mln so‘mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi. 

Marafon shu yilning 20 mayidan 20 dekabriga qadar o‘tkaziladi.

Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting. Batafsil ma’lumotni @wikistipendiya telegram manzilidan olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан