Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Wildberries onlayn do‘koni egasi Rossiyaning eng boy ayoli bo‘ldi
20.02.2020 18:56,  
441

Wildberries onlayn do‘koni asoschilaridan biri va egasi Tatyana Bakalchuk  Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, Rossiyaning eng boy xonimi deb topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, Bakalchukning boyligi yil davomida 400 million dollarga ko‘paygan va 20 fevralda 1,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

“Bakalchuk  boyligini ko‘payishi uning asosiy aktivi — Wildberries onlayn-do‘koni bahosining o‘zgarishi hisobiga amalga oshdi. Rossiyaning eng katta onlayn-do‘konlari ro‘yxatida Wildberries birinchi o‘rinni egalladi. 2019 yilda do‘konning savdo aylanmasi 88 %ga ortib, 223,5 mlrd rublni tashkil qildi”, — deb qayd etadi Forbes.

Wildberries 2019 yilda 164 million dona buyurtmalarni yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi natijalarga nisbatan 2 barobar ko‘proq. Shuningdek, mahsulotlar assortimentida ham shunday o‘sish kuzatilgan: 1.8 milliontadan 3.6 milliontaga.

Kompaniya buyurtmalarni Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston bo‘ylab yetkazib beriladi. Hozirda esa Slovakiyada 200 million yevrolik logistik xab qurishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан