Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«World Air Quality» dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi.
6.01.2021 20:31,  
992

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri Jahon havo sifati reytingida dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar ro‘yxatida 127-o‘rinni egalladi. Bu haqida «World Air Quality» saytida ma’lum qilindi. Veb-sayt ma’lumotlariga ko‘ra, 6 yanvar holatida mikrodispersli zarrachalarning PM2.5 (odamning o‘pkasida joylashadigan qattiq moddalar) konsentrasiyasi Toshkent havosida har bir kubometr uchun 122 mkg ni tashkil etgan.
Shuningdek, sayt Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlarini taqdim etadi. Unga ko‘ra PM2.5 ning o‘rtacha kunlik konsentrasiyasi har bir kubometr uchun 25 mkg dan oshmasligi lozim. Shuningdek, sayt keyingi bir hafta uchun shaharda havo sifati prognozini ham e’lon qiglan.
Ma’lumot o‘rnida, «O‘zgidromet» Toshkent shahridagi havosi eng ifloslangan hududlarni aniqlagan. Unga ko‘ra, poytaxtning Sergeli, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida yuqori salbiy ko‘rsatkich qad etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан