Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosi komadan chiqmay vafot etdi
22.02.2020 09:11,  
342

2020 yil 30 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi S.F. Xabarovsk shahar kasalxonasiga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, o‘zbekistonlik S.F. komadan chiqmay 14 fevral kuni kasalxonada vafot etgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning bildirishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi tomonidan marhumning jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан