Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Xabbl»ni «sindiradigan» dunyodagi eng qudratli teleskop to‘liq yasab bo‘lindi
2.09.2019 14:10,  
178

XXI asrning eng kutilgan teleskopi – «Jeyms Uebb» nihoyat, to‘liq yasab bo‘lindi. «Jeyms Uebb»  yaqin orada o‘zining asosiy vazifasini bajarishga – koinotni tadqiq qilish va ulkan masofalar tufayli kishi ko‘zidan pinhon bo‘lgan narsalarni topishga kirishishi kutilmoqda. 

Ushbu qurilma NASAning eng asosiy teleskopi maqomida «Xabbl» teleskopining o‘rnini egallashi uchun qurilgan, deya xabar beradi hi-news.ru sayti.

Teleskop kanday tartibda ishlaydi?

«Jeyms Uebb» kosmik teleskopi shu paytgacha koinotga chiqarilgan teleskoplar ichida eng katta, kuchli va murakkab orbital rasadxona bo‘ladi. U «Xabbl»dan ko‘ra yetti karra yaxshiroq nur to‘plash xususiyatiga ega, shuningdek, infraqizil to‘lqinlarni vizualizatsiya qilish borasida ham boshqalardan ustun bo‘ladi. Olimlar bizdan eng-eng olisdagi ob’yektlarni ham ko‘rish mumkin bo‘lishiga umid qilmoqda.

«Jeyms Uebb» qayerdan koinotga chiqariladi?

«Jeyms Uebb» Yer–Quyosh tizimining L2 Lagranj nuqtasi deb nomlanadigan joyida, sayyoramizdan taxminan 1,5 million kilometr olislikdagi ochiq koinotga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu esa hatto Oydan ham bir necha barobar olis masofadir. Bunday olis masofa esa teleskopning texnik yechimlari uchun muayyan qat’iy shartlarni joriy qiladi. Chunki texnik ob’yekt qanchalik olisga jo‘natilsa, texnik xato tufayli undan mosuvo bo‘lish xatari shunchalik katta bo‘ladi.

Loyiha nega kechikdi?

Deyarli 20 yillik loyihalash va yig‘ish ishlari g‘oyasi dastavval 1990 yillar o‘rtalarida maydonga chiqqan bo‘lib, o‘shandan buyon «Jeyms Uebb» teleskopi loyihasi bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka yo‘liqdi. Teleskopni avvaliga 2007 yildayoq uchirishni reja qilingan edi. Biroq yig‘ish davomida duch kelingan ko‘plab texnik muammolar sababli loyiha kechikavergan. Mutaxassislar teleskopning besh qavatli issiqlik ekranining to‘g‘ri yoyilishini va kerakli shaklga kirishini tekshirib, sinab ko‘rishi kerak bo‘lgan.

«Jeyms Uebb» qachon koinotga chiqadi?

Bir million kilometr olis koinotga chiqarib bo‘lgandan keyin sinab ko‘rish esa sog‘lom aqlga sig‘adigan narsa emas. Shunga ko‘ra, professional va havaskor astronomlar intiqib kutayotgan jarayon – «Jeyms Uebb» teleskopining koinotga chiqarilishi 2021 yildan erta muddatda sodir bo‘lmaydi. Dohiyona muhandislik shedevri bo‘lgan ushbu kosmik rasadxonani nasib qilsa, 2021 yilda L2 Lagranj nuqtasiga uchirilishiga guvoh bo‘lamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан