Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Habib Nurmagomedov: O‘zbekistonda aralash yakkakurash turniri bo‘lib o‘tadi
6.10.2019 14:48,  
371

O‘zbekistonda 2020-2021 yillarda ilk bor Global jangchilar chempionati o‘tkaziladi. Bu haqida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov Sankt-peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Synergy Global Forumda aytdib berdi.

“Biz O‘zbekistonda ilk bor GFC 20 musobaqasini o‘tkazamiz. Rejaga ko‘ra unda 7 nafar o‘zbekistonlik va 6 navar rossiyalik jangchilar ishtirok etadi. Jang "Xumo arenada" bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hukumati ko‘magida”, - dedi Nurmagomedov.

Undan tashqari Habib O‘zbekistonda Aralash yakkakurash san’atini (MMA) rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini va Respublika hududid o‘z sport akademiyasi ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

“O‘zbekistonda mening ko‘p do‘stlarim, muxlislarim bor. Dunyoning qayerda bo‘lgan bo‘lsam o‘zbeklar oldimga kelib menga omad tilashadi”, - dedi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov MMAning yengil vaznida yengilmagan chempion. U 28ta jang o‘tkazib 28ta g‘alaba qozongan. Nurmagomedov aytishiga qaraganda, u o‘z sport karerasini 30ta jeng bilan yakunlash niyatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан