Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xakerlar JSSTga kiberhujum uyushtirdi
25.03.2020 09:06,  
380

Bir guruh elita xakerlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ichki elektron pochta tizimini buzishga urindi. So‘nggi paytlarda JSSTdagi kiberhujumlarning umumiy soni ikki baravarga oshdi. Bu haqda Reuters agentligi tashkilotning axborot sohasi rahbari Flavio Agioga tayanib xabar berdi. U hujumlarning ko‘payishini JSST va dunyoning SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasi bilan kuchayishi bilan bog‘lamoqda.

Voqea taxminan 13 mart kuni ro‘y bergan va u JSSTning pochta serverlarini buzishga qaratilgan. Ammo xakerlarning kimligi va hujum sabablari hali noma’lum.

«So‘nggi paytlarda JSST kiberhujumlar nishoniga aylandi. Bizda aniq statistik ma’lumotlar yo‘q, ammo tahminan qilinayotgan hujumlar soni ikki baravar ko‘paygan”, - dedi Agio Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Fevral oyida JSST ba’zi xakerlar odamlardan pul va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash maqsadida o‘zlarini tashkilotning xodimi sifatida tanitishlari mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан