Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq banki pensiya pullari kechikishi sababini ma’lum qildi
7.05.2020 14:48,  
498

Joriy yilning may oyidan boshlab Toshkent shahri, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi pensiya va nafaqa oluvchilarga AT Xalq banki tomonidan bank kartalari to‘liq ochildi. O‘z navbatida, Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalar uchun 1,4 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar to‘liq moliyalashtirib berildi.

Bir vaqtning o‘zida 480 mingdan ortiq pensiya va nafaqalarni bank kartalariga yuklanishi AT Xalq bankining elektron axborot tizimida yuqori darajada yuklama keltirishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, Pensiya jamg‘armasi tomonidan har bir pensiya va nafaqa oluvchi to‘g‘risida yuborilgan fayllar Xalq banki serverlari bazasidagi fuqarolarga ochilgan karta ma’lumotlari bilan avtomatik tarzda solishtirilib, tasdiqlangandan so‘nggina pensiya va nafaqa mablag‘lari tegishli bank kartalariga o‘tkazildi.

Qolaversa, 2020 yil may oyining dastlabki kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligi bois pensiya pullari 4 may sanasidan boshlab bank kartalariga yuklanishi boshlandi.

Shuningdek, pensiya va nafaqa oluvchi barcha fuqarolarga bank kartalari fuqarolarning yashash manzillariga AT Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oldingi pensiya tarqatish grafigi bo‘yicha yetkazib beriladi.

Mazkur bank kartalaridan fuqarolarning xohishiga ko‘ra sterillangan mablag‘lar naqdlashtirib beriladi.

Bunda bugungi kunga qadar fuqarolarga yetkazib berilgan bank kartalaridan ham mazkur grafikda belgilangan sanalarda naqdlashtirish imkoniyati bo‘ladi.

Pensionerlarning bank kartalaridan mablag‘larni naqdlashtirish uchun hech qanday haq olinmaydi.

Qayd etish zarurki, bank kartalarini fuqarolarning yashash manzillariga yetkazilishi holati o‘rganilganda, ba’zi tuman bo‘limlarida, pensiya va nafaqa oluvchilarga bank kartalarini tarqatishda fuqarolarning bir joyga to‘planish holatlari kuzatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан