Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq bankining pul omboridan 100 ming dollar o‘g‘irlagan xodimlarga hukm o‘qildi
23.06.2020 10:24,  
1618

«Xalq banki»ning Farg‘ona viloyat Yozyovon tumani filialidan 100 ming dollar pulni talon-toroj qilgan bank boshqaruvchisi va ikki nafar bank xodimiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi raisi Bekzod Haydarovning ma’lum qilishicha, bankda filial boshqaruvchisi vazifasini bajargan Sardor Tursunov (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bosh hisobchi Baxtiyor Turopov va kassa mudiri Go‘zal Aliyeva tomonidan bir qator jinoyatlar sodir etilgan.

Aniqlanishicha, Sardor Tursunov va Baxtiyor Turopov o‘zlariga biriktirilgan naqd pul va boshqa qiymatliklarni saqlash omboriga tegishli kalit va muhrlarni kassa mudiri Go‘zal Aliyevaga topshirib qo‘ygan. Shuningdek, yo‘riqnoma talablarini buzib kassa mudiriga kitoblarga o‘xshatish yo‘li bilan imzo qo‘yishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, «Xalq banki» Yozyovon tumani filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi S.Tursunov, bosh hisobchi B.Turopov va kassa mudiri G.Aliyeva 2019 yil 25 yanvar kuni bankning Farg‘ona amaliyot bo‘limi tomonidan yuborilgan 300 ming dollarni qabul qilib olgan.

2019 yil 25 yanvar kunidan 2019 yil 5 fevral kuniga qadar S.Tursunov va B.Turopov moddiy javobgarligi ostida bo‘lgan bank balansidagi jami 218 ming 300 dollardan 100 ming dollarini rastrata qilish yo‘li bilan, kassa mudiri G.Aliyeva o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Ular sodir etgan jinoyati fosh bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va huquqni muhofaza qilish idoralarini chalg‘itish maqsadida 2019 yil 5 fevral kuni soat 20:00 da «Xalq banki» Yozyovon filialida 100 ming dollar kamomad chiqqanligi haqida IIBga xabar bergan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, S.Tursunovga 5 yil 2 oy, B.Turopov va G. Aliyevaga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, har biri ikki yil moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. «Xalq banki» Yozyovon filialiga yetkazilgan 100 ming dollar zararning so‘mdagi qiymati 862 million 451 ming so‘mni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан