Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq noroziligi o‘zimga bildirilgan qattiq e’tiroz deb bilaman - "O‘zavtosanoat" raisi
30.07.2018 19:35,  
14

"O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida narx-navoning nima sababdan oshganligi, qachon avtomobil narxlarining pasayishi va tizimdagi boshqa holatlar yuzasidan ma’lumot berdi.

“Xalq noroziligi o‘zimga bildirilgan qattiq e’tiroz deb bilaman. Kerak bo‘lsa, kechalari komanda bilan o‘ylab, shu narsaga yetib keldikki - biz xalqqa sababini yetkazishimiz, haqiqatda avtosanoatda bugungi holati haqida gapirib o‘tishimiz kerak. Bugungi kunda men o‘rganib chiqib, qanaqa muammolarga  duchor bo‘lganimizni ko‘rib chiqdim. Ya’ni "Asaka" zavodi bizni tovar aylanmasi qariyb 90 foiz tashkil qiladi. Bu zavodimiz yiliga 290 ming dona mashina ishlab chiqarish mumkin. Lekin men kelganimda 160-170 mingt donani tashkil qilgan. Hamma biladi, muayyan maxsus bilimga ega bo‘lish shart emas, deyarli 50 foizga ishlagan quvvatli zavod ishlab chiqarayotgan mahsulotining tannarxi yuqori bo‘ladi. Bu xaridorlar cho‘ntagiga uradi, keyin chet davlatlarga eksport qilish salohiyatimizni umuman yo‘qqa chiqaradi”, - deb ta’kidladi "O‘zavtosanoat" rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda eksport qilish uchun mashina tannarxini 30 foizga tushirish kerak.

"Bu mashinamiz qimmat ekan deb tushunish kerak emas. Bizning asosiy eksport davlatimiz, bu Rossiya bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiyada hamma deyarli mana shu sanksiya kiritilmagan davlatlar hamma brendi mavjud. Ular o‘zini bozorini saqlash uchun turli to‘siqlar qo‘yishmoqda. Lekin biz ularni aql, bilim, to‘g‘ri strategiya bilan yengib o‘tishimiz kerak”- dedi Umurzoqov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан