Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq qabulxonalariga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bilan bog‘liq 36 mingta shikoyat tushgan
22.11.2019 10:14,  
98

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, so‘nggi ikki yilda ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oshirilgani, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy qilingan.

Shuningdek, tizim bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolgan. Shu yilning 9 oyida Xalq qabulxonalariga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bilan bog‘liq 36 mingta shikoyat bo‘lgan shundan dalolat beradi.

Yig‘ilishda aytilishicha, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini aniqlash, hisobga olishning yagona mezoni yo‘q. Pensiya va nafaqalar miqdorini belgilashda muhim omil bo‘lgan iste’mol savati va yashash minimumi joriy qilinmagan. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha bepul davolanish uchun beriladigan orderlar har doim ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib bormayapti.

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasiga xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb etib, iste’mol savati va yashash minimumini hisoblash tartibi hamda iste’mol me’yorlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Uni avval muayyan shahar va viloyatlarda tajribadan o‘tkazib, keyin amalga kiritish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан