Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Xalq so‘zi»ga hujum qilgan mashhur xakerlar guruhi endi Ilon Maskka qarshi urush ochdi (+video)
8.06.2021 09:02,  
224

Bundan bir necha yil avval «Narodnoye slovo» va «Xalq so‘zi» gazetalari saytlari xakerlar hujumiga uchragan, ularning bosh sahifasida Anonplus belgisi joylashtirilgan edi. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Anonplus – ijtimoiy tarmoq bo‘lib, u Anonymous nomli xalqaro xakerlar guruhiga tegishli hisoblanadi.

Ushbu xakerlar guruhi endi mashhur muhandis va tadbirkor, sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Maskka qarshi urush e’lon qildi. Xakerlar uni Twitter’dagi bayonotlari orqali bitkoin kursiga kuchli ta’sir ko‘rsatganlikda, shuningdek, oddiy mehnatkash kishilarning investitsiyalariga nisbatan bepisandlikda ayblashmoqda.

Anonymous guruhi e’lon qilgan so‘nggi rolik Maskka qaratilgan bo‘lib, xakerlar unda tadbirkorning o‘ziga va uning Tesla kompaniyasiga bir qator ayblovlarini ilgari surishgan.

Ilon Maskni xakerlar o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishda ayblashgan: tadbirkor avvalroq o‘zini «Tesla texnoqiroli» deb, so‘ng esa «Mars Imperatori» deb e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, u doimiy kripto-trolling bilan kriptovalyutalar kursini o‘ynatib, shu yo‘l orqali ishchilar sinfi sarmoyalariga zarar yetkazmoqda, deydi Anonymous.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан