Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq ta’limi vaziri rus tiliga rasmiy til maqomini berish yuzasidan: «Indamaslik - rozilik alomati» emas
5.05.2019 13:05,  
19

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov feysbukdagi o‘z sahifasi orqali rus tiliga rasmiy til maqomini berish bo‘yicha davom etayotgan qizg‘in munozaralar yuzasidan o‘z munosaabatini bildirib o‘tdi:   

“O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 30 yil to‘ladi. Biz bu sanani yaxshilab nishonlashga tayyorgarlik qilish o‘rniga, qaysidir “ziyolilar” tomonidan rus tilini ham rasmiy til etib belgilash kerak degan taklifiga indamay o‘tiribmiz... 

“Indamaslik - rozilik alomati” deb qabul qiladiganlar ham topilib, bu qaysidir “ziyolilar” pozitsiyasi emas, aynan Davlat tomonidan oldinga surilgan taklif deb hamtalqin qilayotganlarni ko‘rib, o‘z fikrimni bildirishim zarurligini tushunib yetdim. Maktabdagi kezlarimda o‘zbekcha gapirishdan or qiladiganlar orasida o‘ziga xos stereotip bo‘lardi. Xuddiki faqat ruschada o‘qiganlar yaxshiroq bilimga ega, oddiy o‘zbek maktabida o‘qiganlar esa yaxshi o‘qimagandek qabul qilinar edi. Ingliz tilidagi fakultetga o‘tib, barchaga teng sharoit yaratilganda bu stereotipning xato ekanligi yaqqol ko‘rinib qoldi. 

Ya’ni maktabda rus tilida yoki o‘zbek tilida o‘qiganlar bemalol ingliz tilidagi o‘qishda birga teng raqobat qilar edik. Oddiy o‘zbek tilidagi maktabni bitirib, har holda AQShdagi eng nufuzli universitetlardan birida o‘qish va keyinchalik katta lavozimlarda ishlash nasib qildi. Bu ham, aynan mamlakatimiz Mustaqillikka erishgandan keyingina yaratilgan imkoniyatlar tufayli bo‘ldi. 

Mamlakatimiz o‘z Mustaqilligi yo‘lini tanlagan va bu yo‘ldan chetlashishga hech kim yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda barchamiz o‘z ona tilimiz, millatimiz va madaniyatimiz bilan faxrlanishga o‘rganishimiz kerak.

Chet tillarini imkon boricha o‘rganaverish kerak, lekin bu degani o‘z ona tilini esdan chiqarish degani emas. Shuning uchun ham, Prezident maktablariga ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari nomzodlariga ochiq tanlov e’lon qilgan edik. Bu maktablarning bitiruvchilari chet tili va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgani holda, eng asosiysi haqiqiy vatanparvar va yuksak ma’naviyatli bo‘lib yetishib chiqishlari shart. O‘z tilimizdan va millatimizdan g‘ururlanish hissiga ega bo‘lsakkina mamlakatimiz rivojlanishiga erisha olamiz”, deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан