Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq ta’limi tizimida 11 oyda 27,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik va kamomad aniqlandi
2.12.2021 10:49,  
80

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimida 11 oyda 27,5 milliard so‘mlik o‘g‘irlik va kamomad aniqlangan. Bu haqda vazirlik va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, vazirlik faoliyatida joriy yil 11 oyi davomida jami 368,6 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinishiga va bartaraf etilishiga erishilgan. Shunga qaramasdan, yil boshidan hozirgi kunga qadar vazirlik tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 88 milliard so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar, shundan 27,5 milliard so‘mlik o‘g‘irlik va kamomad aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, unga ko‘ra, Andijon viloyatining Andijon shahrida 11,5 milliard so‘m, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 11 milliard so‘m hamda ushbu viloyatning Guliston shahrida 4 milliard so‘m miqdorda byudjet mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgan. 

Jinoyat alomatlari bo‘lgan 159 ta 72,9 milliard so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

"Xususan, hozirga qadar sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan 243 nafar rahbar xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan, 3 ming 415 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilgan, 151 ta holat bo‘yicha to‘plangan materiallar huquq-tartibot idoralariga yuborilgan", – dedi Xalq ta’limi vazirligining nazorat-huquqiy xizmati boshlig‘i Iskandar To‘rayev. 

Shuningdek, o‘tgan davr davomida vazirlik tomonidan 264 ming 41 nafar xodim huquqlari himoya qilinib, 963 nafarining huquqi tiklangan bo‘lsa, 188 ta holatda boshqa davlat organlari tomonidan faoliyatga noqonuniy aralashuv va tekshiruvlarning oldi olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан