Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro dzyudo federatsiyasi O‘zbekiston maktablariga tatami va kimonolar beradi
25.06.2020 13:18,  
52

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning «Maktablarda dzyudo» dasturi doirasida O‘zbekistondagi yigirmata umumta’lim maktabiga tatami va kimonolar taqdim etilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

«Maktablarda dzyudo» IJF loyihasi bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi 5-12 yoshli bolalarni dzyudo orqali ijtimoiy, ta’limiy va jismoniy ko‘nikmalarga o‘rgatishdan iborat.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakatimizning yigirmata umumta’lim maktabida «Maktablarda dzyudo» dasturini amalga oshirishga kelishib oldi.

Hozirgi kunga qadar, «Maktablarda dzyudo» dasturi mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan 20 ta maktabni qamrab olgan edi.

Joriy yilning 15 yanvarida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, IJF prezidenti Marius Vizer, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev «Maktablarda dzyudo» dasturi bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi.

Mazkur bitimga asosan «Maktablarda dzyudo» dasturiga yana 20 ta maktabni jalb etish va ularning sonini 40 taga yetkazishni ko‘zda tutilgan.

Kelishuv doirasida IJF O‘zbekistonga har bir maktab uchun bittadan tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etdi. Yaqin kunlar ichida tatami va kimonolar dastur doirasidagi maktablarga yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан