Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekistonni «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar qatoriga qo‘shdi
6.03.2020 18:45,  
833

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston «erkin bo‘lmagan» maqomini joriy yilda ham saqlab qoldi.

4 mart kuni e’lon qilingan reytingga ko‘ra, O‘zbekistonda erkinlik darajasi 100 balldan 10 ballga baholangan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1 ballga yuqori demakdir. Ozarbayjon, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Osetiya ham xuddi shu ko‘rsatkichni qayd etgan.

O‘zbekistonliklarning siyosiy huquqlari 40 balldan 2 ball olgan, fuqarolik erkinliklari darajasi — 60 balldan 8 ballga teng deb topilgan.

Foto: Freedom House

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston (23), Tojikiston (9) va Turkmaniston (2 ball) «erkin bo‘lmagan»lar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Qirg‘iziston esa 39 ball bilan mintaqadagi yagona «qisman erkin» maqomiga ega davlatga aylangan.

Reytingning yuqori pog‘onalaridan Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya 100 ball bilan o‘rin olgan. Undan keyingi o‘rinlarni Niderlandiya (99), Lyuksemburg, Kanada va Urugvay (98 balldan) egallagan.

Eng yomon ko‘rsatkichni Suriya (0 ball), Eritriya, Janubiy Sudan, Turkmaniston (2 balldan) va Shimoliy Koreya (3 ball) qayd etgan.

Freedom House 14 yildan buyon butun dunyo bo‘ylab ozodlik darajasi haqida hisobotlarini e’lon qilib keladi. 2019 yilda 64 ta davlatda siyosiy huquq va fuqarolik erkinliklari yomonlashgan bo‘lib, 37 tasida yaxshilangan.​​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан