Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi
20.10.2021 16:05,  
219

Ular Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik), 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) belgilangan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan, deb xabar bermoqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi.

Oktyabrda Seul shahrida O‘zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati IIBB va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs ushlangan.

Bundan tashqari, olingan ma’lumotlarga asosan, Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi 1957 yilda tug‘ilgan J.N qo‘lga tushgan.

«Qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан