Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik jinoyatchi Qozog‘istonda qo‘lga olindi
11.06.2021 09:56,  
440

Qozog‘iston “Polisia” nashrining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik jinoyatchi Rossiya Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan tovlamachilik yo‘li bilan katta miqdorda pora olish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2020 yilda Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi — Mordoviya Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

32 yoshli ushbu jinoyatchi Atirau viloyatining Atirau shahri migratsiya xizmati bo‘limi xodimlari tomonidan hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda hibsga olingan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda unga nisbatan shaharni tark etmaslik profilaktik chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан