Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqimizning urush yillaridagi jasorati, matonati badiiy-musiqiy kompozitsiya va mushakbozlik asosida ifodalandi (foto)
9.05.2021 23:41,  
117

Xalqimizning urush yillaridagi jasorati, matonati badiiy-musiqiy kompozitsiya va mushakbozlik asosida ifodalandi

G‘alaba bog‘ida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bugun kechki payt ko‘rgazmali urush lavhalariyu mushakbozlikka ulandi.Badiiy-musiqiy kompozitsiyada 1941 yildan tortib, Ikkinchi jahon urushining ko‘plab davlatlar qatori o‘zbek xalqi boshiga solgan dahshati, katta yo‘qotishlari bilan bir qatorda o‘zbek xalqi, xususan, dovyurak o‘g‘lonlarimiz jasorati, jafokashligi va qahramonligi aks ettirildi.

Xalqimizga xos bag‘rikenglik, vafo va sadoqat xislatlari  “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasida Zulfiya Zokirova timsolida gavdalantirildi.
Bog‘ markazidan o‘rin olgan rangin favvoraning ikki yonidagi yirik ekranlarda 1945 yilda e’lon qilingan G‘alaba sadosi, urush qatnashchilari kayfiyati harbiy orkestr jo‘rligida sahnalashtirildi.Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan ushbu badiiy-musiqiy kompozitsiya va jangovar texnikalar namoyishi yana 10 kun davom etadi.

Leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV, Mudofaa vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан