Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xantavirus nima va u xavflimi?
26.03.2020 16:54,  
1871

Xantaviruslar haqida nimalar ma’lum?

Xantaviruslar (lotin.t. - Orthohantavirus yoki Hantavirus) odam va hayvonlarning viruslaridan bir turidir. Ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash mexanizmlari ma’lum va vaksinalar ham mavjud.

Xantaviruslarning birinchi tasnifi 1987 yilda Xalqaro Viruslarning taksonomiyasi bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etilib, hisobotda ilgari surilgan. 2017 yilda nasl nomi "Orthohantavirus"ga o‘zgartirildi va 41 turni o‘z ichiga oldi. Ular orasida Puumala, Xantaan, Seul, Amur, Dobrava va boshqa xantaviruslar mavjud.

Ushbu virus birinchi marta 1950-1953 yillardagi Koreya urushi paytida ko‘plab odamlarning kasalliklariga sabab bo‘lgan. Keyin 3000 dan ortiq askarlar o‘zlarini yomon his qilishgan. Ularda ichki qon ketishi va buyrak faoliyati buzilishi kuzatilgan. Ushbu epizod "Koreys gemorragik isitmasi" deb nomlanadi.

1976 yilga qadar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini darhol aniqlashning iloji bo‘lmadi. Buning uchun shifokorlar tajriba o‘tkazib, dala sichqonining o‘pka to‘qimasida tajriba o‘tkazishdi. Bunda isitma bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobiga o‘ziga xos reaksiya ko‘rsatdi.

Keyinchalik, "Koreys gemorragik isitmasi" kasalligi "buyrak sindromi bilan gemorragik isitma" deb nomlandi. Hantaan orthohantavirus esa uning qo‘zg‘atuvchisi deb tan olindi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Yunnan shahrida mahalliy aholidan bir kishi hantavirusdan vafot etdi.  Ishga avtobusda kelayotgan bemor vafot etgan. Sinov natijalari uning xantavirus bilan kasallanganligini ko‘rsatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан