Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xarid qilingan avtomobilni rasmiylashtirishdagi to‘lovlar bekor qilinishi mumkin
26.10.2021 16:08,  
46

Deputat yuborilgan so‘rovnoma Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

Uning yozishicha, vazirlik tomonidan 2022 yil byudjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishini anglatadi.

Bundan tashqari, javob xatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilganligi hamda ularni pasaytirish yuzasidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан