Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xaridorgir avtoraqamlar 6 oy davomida sotilmasa, auksionga arzonroq narxlarda chiqariladi
5.11.2020 22:34,  
806

Hukumat qarori bilan, jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir davlat raqami belgilarini berishda auksion o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

  • 1- va 2-toifadagi xaridorgir davlat raqami belgilarining boshlang‘ich narxlari bir pog‘onaga avtomatik ravishda tushirilib (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamlari bundan mustasno), mos ravishda 2- va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi;
  • 4–6-toifadagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda kunlik shakllantiriladigan oshkora ro‘yxat asosida umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Xaridorgir (oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan) raqamlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Bundan tashqari, endilikda jismoniy va yuridik shaxslarning talablariga asosan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan 1–3-toifadagi xaridorgir avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari ham auksionga qo‘yilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан