Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xartumda Sudan Bosh vaziriga suiqasd qilindi
10.03.2020 12:18,  
214

Kecha, 9 mart dushanba kuni, noma’lum shaxslar Sudan Bosh vaziri Abdulloh Hamdukka suiqasd uyushtirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat boshlig‘ining avtoulovi avtomobil ko‘prigi ostidan o‘tib ketayotganda, uning yonida to‘xtab turgan mashina portlatilgan. Siyosatchi jabrlanmagan va xavfsiz joyga yetkazildi, deb xabar beradi Sky News Arabia.

Sudan poytaxtidagi manbalariga ko‘ra, bosh vazir hamrohligida bo‘lganlardan bir kishi yengil jarohatlangan. Hamdukning kortejidagi ikkala mashina ham ozgina shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyi oxirida mamlakatda harbiy to‘ntarish oqibatida Sudanni 30 yil boshqargan prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilgan edi. Bir necha oy o‘tib hukumatga Abdulloh Hamduk kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан