Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xatirchi “zamhokim”i ishdan olindi
13.12.2021 17:37,  
293

Xatirchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Vohid Avlonov lavozimidan chetlatildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda tuman hokimining tegishli farmonida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Vohid Avlonov joriy yilning 25 noyabridan lavozimidan chetlatilgan.

Tuman hokimining bu haqdagi farmoyishiga asos sifatida “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 255, 259-moddalari va jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 2021 yil 22 noyabrdagi ajrimi ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 29-bob (lavozimdan chetlashtirish) 255-moddasida keltirilishicha, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.

Tuman hokimining yana bir farmoniga muvofiq, Vohid Avlonovning zimmasidagi lavozim vazifalari vaqtinchalik — tuman hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ne’matov zimmasiga yuklatilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xatirchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Vohid Avlonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Jinoyat ishi 30 noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан