Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xayriya qilgan tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari bor?
24.04.2020 15:14,  
538

Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Tadbirkorlar yoki tadbirkorlik sub’yektlari qanday tartibdagi xayr-ehsonni amalga oshirsa, qaysi soliqlar bo‘yicha qanday miqdorda imtiyozga ega bo‘ladi?

Javob: Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan, ayrim soliqlar imtiyozlari belgilash Prezident qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Shunga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari uchun xayr-ehsonni amalga oshirgan taqdirda, nazarda tutilayotgan soliq imtiyozlari — ular qaysi soliq turlari bo‘yicha berilishi hamda ularni qo‘llash shartlari yuzasidan Prezident qarori qabul qilingandan keyin, navbatdagi brifinglarda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Savol: Xonadonimni ijaraga olgan fuqarolar karantin tufayli, o‘z uylariga vaqtinchaga ketishdi. Qachon qaytishlari noma’lum. Bu haqida soliq organlariga axborot berishim kerakmi va qanday tartibda?

Javob: Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari o‘n kundan kechiktirmay soliq organlarida hisobga qo‘yiladi. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini vaqtincha bekor qilingani haqida kelishuv ixtiyoriy shaklda tuziladi.

Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk ijara shartnomasini vaqtincha bekor qilingani haqidagi kelishuvni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish uchun o‘zining shaxsiy kabineti yoki Davlat soliq qo‘mitasining My.soliq.uz soliq xizmatlari portalidagi “Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish“ interaktiv davlat xizmati orqali, belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldirib elektron tarzda yuboradi.

Bunda, so‘rovnomaga ko‘chmas mulk ijara shartnomasini vaqtincha bekor qilinganligi haqidagi kelishuv nusxasi biriktiriladi. Kelishuv ikki tomonlama tasdiqlangan bo‘lishi kerak, chunki o‘rtada nizo kelib chiqishi mumkin va bunday holatlarda sud tartibida hal qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан