Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hazrati Imom majmuidagi Usmon Qur’oni ko‘chiriladi
20.11.2019 18:06,  
868

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi xabarida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazining birinchi qavatda muzey ombori, qadimiy qo‘lyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavratsiya qilish xonalari, nashriyot va kitob do‘konlari joylashadi.

Ikkinchi qavatdagi ulkan foye markaziga Usmon Qur’oni joylashtiriladi. Shuningdek, bu yerda Islom san’ati muzeyi, 435 kishiga mo‘ljallangan konferensiya zali bo‘ladi. Ko‘rgazmalarda O‘zbekiston tarixi davrlar bo‘yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etiladi.

Uchinchi qavatdan esa 100 minggacha qo‘lyozmalar fondiga ega kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va ma’muriy xonalar o‘rin oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан