Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xebey shahridan Toshkentga birinchi xalqaro yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
22.10.2020 11:47,  
435

25 oktyabr, yakshanba kuni Xitoyning Xebey shahridan Toshkentga Gaoi-Xorgos-Toshkent yo‘nalishida birinchi muntazam xalqaro yuk poyezdi qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda Dunyo agentligi xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 50 vagondan iborat poyezd poytaxtga 30 mln. yuan (46,7 mlrd. so‘m) lik tibbiy buyumlar, velosipedlar, avto ehtiyot qismlar, sanoat uskunalari uchun ehtiyot qismlar va boshqa yuklarni olib keladi.

Ibo aqlli portidan muntazam reyslar ochilganidan so‘ng, Shitszyachjuandan har oy kamida 12 ta poyezd Xitoy-Yevropa (Markaziy Osiyo orqali) yo‘nalishida harakatlanadi. Qaytish reyslarini hisobga olmaganda, har bir yo‘nalish uchun kamida 4 ta poyezd mavjud.

Muntazam qatnovning amalga oshirilishi Xebeyda ishlab chiqarilgan tovarlarning Yevropa va Osiyoga yetkazib berilishini ko‘paytiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан