Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy aholisi kamayotgani ma’lum qilindi
11.04.2022 18:00,  
249

2021 yil oxirida Xitoyning to‘qqizta, jumladan, Xebey, Szyansu, Xunan, Xubey, Shansi, Xeylunszyan va boshqa provinsiyalarida aholining tabiiy qisqarishi kuzatilayotgani xabar qilindi.

Xitoylik ekspertlarning qayd etishicha, hozir demografiya sohasida salbiy tendensiyalar paydo bo‘lmoqda.  

– Xitoyda tug‘ilish darajasining pasayish ko‘rsatkichi uzoq muddat davom etishi mumkin, – deydi xitoylik demograf Xuan Venchjen. – “Uchinchi farzand” siyosati ba’zi muammolarni yumshatishi mumkin, biroq qisqa muddatda bu tendensiyani tubdan o‘zgartirishi o‘ta qiyin masala.  

Ta’kidlanishicha, demograflar Xitoy aholisining kamayishini tug‘ish yoshidagi ayollar sonining kamayishi, shuningdek, tibbiy xizmat va ta’lim xarajatlari yuqoriligi tufayli farzand ko‘rishni istamaydigan yoshlar soni ko‘payishi bilan bog‘layapti.  

Bundan tashqari, mamlakatda ajralishlar darajasi ham yuqori. Xitoy Milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil tug‘ilish darajasi har ming kishiga 7,52 tani tashkil qilgan. 2021 yilda Xitoy hukumati oilalarga uchinchi farzand ko‘rishga ruxsat berdi. Ushbu chora demografik tuzilmani takomillashtirish va mamlakat aholisining qarishiga qarshi kurashish strategiyasini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.  

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1970 yillar oxirida XXR tug‘ilish darajasini cheklashga qaratilgan qat’iy demografik siyosat olib bordi. Bir nechta istisnolardan tashqari, oilalarga faqat bitta farzand ko‘rishga ruxsat berilardi.  

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 2020 yil oxirida o‘tkazilgan yettinchi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisi 1,41 milliard kishini tashkil qildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан