Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy AQShdan Chendu shahridagi Bosh konsulligini yopishni talab qildi
24.07.2020 12:42,  
258

Xitoy rasmiylari AQShdan Chendu shahridagi (Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyati) bosh konsulxonasini yopishni talab qilmoqda. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi juma kuni bergan bayonotida aytiladi.

"24 iyul kuni ertalab Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning XXRdagi elchixonasidan Chendu shahrida AQShning Bosh konsulligini tashkil etish va boshqarish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Vazirlik shuningdek, AQShning Chendu shahridagi Bosh konsulligiga barcha tadbirlar va faoliyatlarni to‘xtatish to‘g‘risida aniq talablar qo‘ydi" , - deyiladi XXR TIV saytidagi bayonotda.

Hujjatda 21 iyul kuni Amerika tomoni "bir tomonlama ravishda provokatsiya" qilgani, "keskin tarzda" Xitoydan Xyustondagi XXR Bosh konsulligini yopilishini talab qilgani ta’kidlanadi. "AQShning bu qadami xalqaro huquq, xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari va konsullik bitimining jiddiy buzilishi hisoblanadi. Xitoy va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazdi", - deyiladi xabarda.

"Xitoy-Amerika munosabatlaridagi hozirgi holat Xitoyning xohishidagiday emas va buning uchun javobgarlik butunlay Amerika tomoniga yuklangan", deyiladi Xitoy TIV veb-saytida e’lon qilingan bayonotda. "Biz yana bir bor Amerika tomonini tegishli xato qarorni [Хюстондаги ХХР Бош консулхонасининг ёпилиши тўғрисида] bekor qilishga va ikki tomonlama munosabatlarni normal holatga qaytarishga harakat qilamiz", deyiladi hujjatda.

22 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Amerika rasmiylaridan Xyustondagi (Texas) Bosh konsullikni yopish talabini bekor qilishni so‘radi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Vang Venbinning ta’kidlashicha, agar XXR rasmiylari Vashington talabidan voz kechmasa, zarur choralarni ko‘radi. AQSh Davlat departamenti vakili Morgan Ortagusning so‘zlariga ko‘ra, Xyustondagi Xitoy diplomatik vakolatxonasini yopish qarori "Amerikaning intellektual mulki va amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida" qabul qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан