Xitoy astronomlari fazodan noma’lum sirli signallarni qayd etishdi

Xitoy astronomlari fazodan noma’lum sirli signallarni qayd etishdi

Xitoylik astronomlar tez takrorlanadigan signallar kelgan manbani aniqlashdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, manba Yerdan uch milliard yorug‘lik yili masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. "Tez radio to‘lqinlari" dunyodagi eng katta FAST radio teleskop yordamida aniqlandi. Signallar bir necha millisekundgacha davom etadigan radio impulslar ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. Hozircha olimlar buning sababini tushuntirib bera olishmayapti.

Avgust oyi oxiridan sentyabrgacha ushbu qurilma yuzdan ortiq shunday radio to‘lqinlarni aniqladi. Hozir ular mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

FAST teleskopi Xitoyning janubiy Guychjoy provitsiyasining tog‘larida joylashgan.