Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy bilan chegaradagi to‘qnashuvda 20 ga yaqin hind harbiysi halok bo‘ldi
17.06.2020 11:07,  
781

Hindiston qurolli kuchlari Ladakx chegara mintaqasida Xitoy harbiylari bilan to‘qnashuv natijasida 20 ga yaqin odamini yo‘qotdi. Bu haqda Hindustan Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. 

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv 16 iyunga o‘tar kechasi XX asr o‘rtalaridan beri Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib kelgan Galvan vodiysida bo‘lgan.

Jang paytida hind tomon 20 askar va zobitni, shu jumladan piyoda batalyonining komandirini yo‘qotdi. Shuningdek, xitoyliklarning ham zarar ko‘rgani ma’lum, ammo ularning soni aniq emas.

Avvalroq OAV ushbu hududda Xitoy Hindiston harbiylariga qarata o‘t ochganligi haqida xabar bergan edi. Xitoy tomoni hindlar chegarani noqonuniy kesib o‘tganini da’vo qilmoqda.

Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi hududiy nizolar 1962 yil Xitoy-Hindiston chegara urushiga olib kelgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан