Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy harbiy samolyoti Toshkentga insonparvarlik yordamini olib keldi (video+foto)
13.05.2020 18:15,  
479

Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatimizga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan tibbiyot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutasaddilari tomonidan qabul qilib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan. Mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 2 million Xitoy yuaniga, ya’ni 2 milliard 870 million so‘mga yaqin.

Foto: Mudofaa vazirligi

Toshkent xalqaro aeroportida mazkur insonparvarlik yordamini topshirish marosimida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi harbiy attashesi, katta polkovnik Syuy Chanchji yildan yilga rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Xitoy aloqalari birinchi navbatda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarining samarasi ekanini ta’kidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi

– Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik hozirgi epidemiya davrida ikki xalqning bir-biriga o‘zaro ko‘mak berishga doim tayyorligini ko‘rsatdi, – deydi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan. – Xitoy xalqi karantin qoidalarini hisobga olgan holda, qiyin va sinovli damlarda ham epidemiyaga qarshi kurashda maxsus samolyot orqali o‘zbek xalqiga o‘z vaqtida zarur insonparvarlik yordamini yetkazgani bunga yaqqol misoldir. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek, do‘sting uzoqda bo‘lsa ham, ko‘ngli yaqin bo‘ladi.

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан