Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy Hindistonning chegara hududlaridagi harakatlariga nisbatan keskin norozilik bildirdi
31.10.2019 15:27,  
306

Xitoy hukumati Hindistonning ziddiyatli Kashmir shatatida amalga oshirgan chegara o‘zgarishlarini «noqonuniy» va «amalga oshmaydigan ish» deb baholab, qat’iy norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Gen Shuan ma’lum qildi.

“Hindiston hukumati Xitoyning hudud qismini Hindiston ma’muriy hududiga kiritib, Jammu, Kashmir va Ladakx degan hududlar tashkil etilganini rasman e’lon qildi. Xitoy shu munosabat bilan qattiq norozilik va keskin protest bildiradi”, - dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston milliy qonunchilik va ma’muriy bo‘linishni bir tomonlama tartibda o‘zgartirdi, bu bilan Xitoy suvereniteti va qonuniy manfaatlariga chaqiriq tashladi, “bu noqonuniy, samarasiz va aslida Xitoy nazorati ostida bo‘lgan hududlarni o‘zgartira olmaydi”.

“Biz Hindistonni Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga, tegishli ikki tomonlama kelishuvlarga rioya qilishga, Xitoy va Hindistonning chegara hududlarida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni ko‘rishga, ikki tomonlama chegara oldi muammolarini hal qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga chaqiramiz”, - dedi Xitoy TIV vakili.

Ma’lumot uchun, Xitoy va Hindiston o‘rtasida uzoq vaqtdan beri Kashmir shimolidagi tog‘li hududga egalik qilish, shuningdek Arunachal-Pradesh shtatidagi qariyb 60 ming kvadrat kilometrlik maydon yuzasidan kelishmovchilik mavjud. Haqiqiy boshqaruv liniyasi Ladax viloyatida o‘tadi. 1962 yil kuzida bu tortishuv chegara urushiga aylandi. 1993 va 1996 yillarda Xitoy va Hindiston bahsli hududlarda tinchlik o‘rnatish to‘g‘risida bitimni imzolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан