Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy hukumati koronavirus qachon ortga chekinishini e’lon qildi
30.01.2020 10:22,  
8187

Koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy hukumati xabar qildi.

Xitoyning o‘zida koronavirusni yuqtirganlar soni 7711 nafarga yetdi, ulardan 1370 nafarining ahvoli og‘ir.

Reytersning xabar berishicha, Xitoy hukumati koronavirus tarqalishining orqaga qaytishi mart oyining oxirlariga bo‘lishi mumkin. Fevral oyi o‘rtalarida esa virus tarqalishi eng ko‘p kuzatiladi.

Hozirda koronavirus tarqalmagan Xitoyning bironta ham provinsiyasi qolmadi. Shuningdek, virus Tailand (14), Gonkong (11), Singapur (10), Tayvan (8), Makao (7), Malayziya (7), Yaponiya (7), Avstraliya (7),  AQSh (5), Germaniya (4), BAA (4), Janubiy Koreya (4),  Fransiya (4), Kanada (3), Vetnam (2), Kambodja (1), Nepal (1), Finlyandiya (1), Kot-d’Ivuar (1), Shri-Lanka (1) davlatlariga ham tarqalib ulgurgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан