Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Xitoy hukumati telefon ilovasi yordamida 100 milliondan ortiq kishini kuzatyapti”
14.10.2019 10:00,  
630

Yuz milliondan ortiq xitoylikning telefoniga o‘rnatilgan «Buyuk millatni o‘rgan» nomli ilova yordamida foydalanuvchilar kuzatib boriladi, deya yozadi Washington Post. Ushbu ma’lumotni AQShning erkin internetni qo‘llab-quvvatlovchi Open Technology Fund tashkiloti taqdim etgan.

“Buyuk millatni o‘rgan” ilovasi joriy yilning boshida ishga tushirilgan. Unda mamlakat rahbari Si Szinpinga bag‘ishlangan matnlar va videolar, shuningdek foydalanuvchilarning bu materiallardan xabardorligini aniqlovchi tanlovlar mavjud. Xabarda aytilishicha, Kommunistik partiya a’zolari ushbu ilovani o‘rnatishga majburlangan.

Open Technology Fund mazkur ilovani tahlil qilib, u orqali telefon egasining ma’lumotlarini maxfiy ravishda qo‘lga kiritish mumkin degan xulosaga keldi. Masalan, foydalanuvchining yozishmalari va rasmlarini, internetda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgani haqidagi ma’lumotni olsa va audioyozuv rejimini ishga tushirsa bo‘ladi. Ekspertlarning aytishicha, “Buyuk millatni o‘rgan” ilovasi telefon egasining ishlari haqida har kuni hisobot jo‘natib turadi.

«Xitoy hukumati odamlarning kundalik hayotini kuzatishni kengaytiryapti», – deydi Open Technology Fund vakili Sara Aun.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан