Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy koronavirus pandemiyasi yakunlanish muddatini ma’lum qildi
14.03.2020 10:45,  
4341

Xitoy Xalq Respublikasining sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi maxsus mutaxassislar komissiyasi boshlig‘i Chjun Nanshan jahondagi koronavirus pandemiyasi iyun oyiga kelib yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda New York Post gazetasi xabar bermoqda.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlardan Covid-19 koronavirusi pandemiyasiga qarshi kurash uchun barcha kuchlarini safarbar qilishni talab qiladi. Uning fikricha, bunday sharoitda g‘alaba qozonish uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.

"Men barcha davlatlarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmalariga amal qilishga va mamlakat miqyosida harakat qilishga chaqiraman", — dedi Chjan Nanshan.

Uning fikricha, iliq oylarning boshlanishi virus tarqalishini sekinlashtirishi mumkin.

Chjan Nanshan koronavirus pandemiyasi ba’zi davlatlar virus xavfini jiddiy qabul qilmasa va kerakli nazorat choralarini ko‘rmasa, davom etishi mumkin degan fikrni bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning shimoliy va janubiy qo‘shnilarida koronavirus mavjudligi tasdiqlandi. Birinchi holat janubda — Afg‘onistonning Hirot shahrida qayd etildi. Afg‘onistonlik bemor Yaqin Sharqdagi koronavirus o‘chog‘i Erondan kelgan edi.

Kecha, 13 mart kuni Qozog‘istonning ikkita shahri — Olmaota va Nur-Sultonda 3ta koronavirus holati qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан