Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy koronavirus sababli juda ham katta daromad oldi
17.05.2020 15:20,  
4052

Xitoy tibbiyot buyumlarining eksporti miqdori 3 oy ichida 134,4 milliard yuanni (19,5 milliard dollar) tashkil qildi. Bu haqda XXR bojxona xizmati ma’lumot bermoqda.

Xabarga ko‘ra, shu davrda Xitoy xorijga 509 mln. dona niqob, 216 mln. dona himoya kiyimi, 810,3 mln. juft ko‘zoynak, koronavirusdan test olish uchun 162 mln.ta test, o‘pkani sun’iy ventilyasiyalovchi 727 ming dona apparat, 264,3 mln. dona infraqizil nurli termometr, 10,4 mln. juft tibbiyot qo‘lqopi eksport qilgan.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng rivojlangan mamlakatlarda ham tibbiy buyumlarga ehtiyoj keskin ortdi. Xitoyning ushbu buyumlariga asosiy xaridorlar AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tayotgan haftada Yevropaning ayrim mamlakatlari, xususan, Polsha va Niderlandiya Xitoyning sifatsiz niqoblaridan shikoyat qilishgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан