Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy koronavirus tarqalishini tergov qilayotgan Avstraliyaga tahdid qildi
27.04.2020 17:01,  
1932

Xitoyning Avstraliyadagi elchisi Cheng Jinge, AQSh bilan birgalikda koronavirus tarqalishini o‘rganayotgan Avstraliya hukumatiga qarshi bayonot bilan chiqdi. Bu haqida Euronews xabar bermoqda.

Elchi, bunday tergov harakatlari embargoga sababchi bo‘lishni eslatib o‘tgan. Shuningdek Jinge Xitoylik sayyohlarning Avstraliyaga sayohat qilishlariga qarshi cheklovlar kiritilishi mumkinligi aytib, «yumshoq tahdidni» amalga oshirgan. Shu bilan birgalikda elchi xitoyliklar Avstraliyadag kelgan go‘sht mahsulotlarini yemasliklari mumkinligini aytgan.

«Agar "ob-havo" yomondan, juda ham yomon tarafga ketsa fuqarolarimiz Xitoy do‘sti bo‘lishni istamagan mamlakatga nega ketaylik deya o‘ylashni boshlashadi», - degan Avstraliyaning Financial Reviyew​ nashriga bergan intervyusida  Cheng Jinge.

Avvalroq Avstraliya hukumati AQSh bilan hamkorlikda Covid-19​ virusi qanday qilib Xitoydagi kasallikdan, butun dunyoga ta’sir o‘tkazgan pandemiyaga sababchi bo‘lganini aniqlashini aytib o‘tgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан