Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy Marsni o‘rganadigan birinchi zondini ishga tushirdi
23.07.2020 13:49,  
95

Xitoy Marsni o‘rganish bo‘yicha birinchi missiyasini boshladi, deya xabar beradi CGTN. 

23 iyul kuni Xitoy mamlakatdagi eng katta raketa tashuvchi - Long March-5 yordamida Tianwen-1 zondini ishga tushirdi. Parvoz mamlakat janubidagi Venchan viloyatidagi Venchan kosmodromidan amalga oshirildi.

 

Zond Marsga yetti oydan keyin, 2021 yilning fevralida yetib boradi. U Marsda kamida uch oy bo‘ladi va sayyora yuzasini, uning atmosferasi, ionosferasi hamda magnit qutblarini o‘rganadi. Xitoyning Oyni o‘rganish dasturi rahbari Ouyan Sziyuanyaning so‘zlariga ko‘ra, apparatning asosiy vazifasi "qizil sayyora" dagi hayotning mumkin bo‘lgan belgilarini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, missiya u yerdagi sharoitning inson hayotiga mos kelishi uchun o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligini tushunish uchun imkoniyat yaratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан