Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi
23.07.2019 12:34,  
23

So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya edi. 2019 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra Xitoy oldinga chiqib olgan. Bu haqida Davlat Statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Xitoy - tashqi savdo aylanmasida ulushi - 19%. Ikkinchi o‘rinda Rossiya - 14% va Qozog‘iston - 8%. Aytish joizki 2018 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilning birinchi yarmida Xitoy keskin oldinga chiqib oldi. Oldinga chiqish asosan import hisobidan yuz berdi.

Keyingi o‘rinlarda esa Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniya joylashgan. So‘nggi yarim yillikda Koreya Respublikasi bilan savdo aylanmasining salkam 2 baravar, Germaniya bilan 1,5 baravar, Turkiya bilan - 20% oshganini ko‘rish mumkin.

Ulardan so‘ng esa Qirg‘iziston - o‘sish 2,5 baravar, AQSh + 25%  va Afg‘oniston - 10 % kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu ma’lumotlar faqat 2019 yilning birinchi yarim yilligini aks etadi. Yil oxiriga qadar vaziyat o‘zgarishi mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан