Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy-O‘zbekistonning ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi — "britaniya" va "braziliya" shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi
19.04.2021 12:19,  
128

10 dekabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev tomonidan mamlakatda ZF-UZ-VAS2001 vaksinasining III faza klinik sinovlarining boshlanishiga start berilgan edi.

️Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida O‘zbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50% haqiqiy vaksina, 50 % platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar xamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shprits, niqob, ko‘zoynak, krioprobirkalar va h.k) olib kelindi.

2020 yil 10-dekabrda respublikada koronavirusga qarshi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom kompaniyasi vaksinasinig  uchinchi bosqichi sinovlari boshlandi.

Vaksina klinik tadqiqotlar guruhi tarkibiga 8 nafar Anhui Zhifei Longcom kompaniyasining xodimi, 30 nafar Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlari, 112 nafar sog‘liqni saqlash xodimlari, 36 nafar Sall -markaz shifokorlari ishtirok etdi.  

️Tadqiqotlarning uchinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, vaksina yuqori samaradorlikni va yuqori darajadagi antitanalar ishlab chiqilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, 2021 yil fevral oyida o‘tkazilgan sinovlar doirasida laboratoriya namunalari natijalariga ko‘ra, vaksina koronavirusning "janubiy afrika" shtammiga qarshi aktiv neytral xolatini saqlab qoldi.

O‘zbekistondagi klinik tadqiqotlar xalqaro klinik amaliyotda qo‘llaniladigan huquqiy va axloqiy me’yorlarga muvofiq GSR (Good Clinical Practice –Tegishli Klinik Amaliyot) qoidalarini hisobga olgan holda o‘tkazildi.

Nazorat guruhiga kiritilgan 150 nafar ko‘ngillilarning 90 foizida ikkinchi dozadan so‘ng qonda 4,55 Au / ml dan yuqori bo‘lgan antitanachalar darajasi aniqlandi, bu koronavirusni zararsizlantirish uchun yetarli hisoblanadi. Vaksinani koronavirusning yangi "britaniya" va "braziliya" shtammlariga qarshi samarali ekanligi ham tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан