Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy parlamenti Gonkong milliy xavfsizligi to‘g‘risida qonun qabul qildi
30.06.2020 14:58,  
111

Gonkong milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni XXRning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi - Butun Xitoy xalq assambleyasining doimiy qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi. Avvalroq, hujjat dunyo hamjamiyati va maxsus ma’muriy hudud aholisi tomonidan tanqidlarga uchragan edi. 

The South China Morning Post xabariga ko‘ra, yig‘ilish boshlanganidan 15 daqiqa o‘tgach, qonun loyihasi 162 qo‘mita a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. Qonun Buyuk Britaniyaning yurisdiksiyasida bo‘lgan Gonkongning XXRga topshirilishining 23-yilligi bo‘ladigan 1 iyul kuni kuchga kirishi kutilmoqda.

Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam tasdiqlangan hujjat tafsilotlari nashr etilmaguncha izoh berishdan bosh tortdi. "Hozirgi bosqichda men Gonkong milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni haqida sharh berishni o‘rinsiz deb bilaman", - dedi u jurnalistlarga.

Qabul qilingan hujjat Pekin va maxsus ma’muriy hudud o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va Gonkongda xavfsizlik tahdidlarining oldini olish choralarini ko‘radi. Taxminlarga ko‘ra, Pekin o‘zining maxsus xizmatlarini Gonkongda jalb qilish huquqini oladi, bu esa hudud avtonomiyasi tarafdorlarining fikriga ko‘ra, Xitoy ma’murlariga istalmagan fuqarolarni sudsiz hibsga olishga imkon beradi. XXR rahbariyati qaroriga javoban AQSh Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritdi va Gonkongni imtiyozli biznes sherik maqomidan mahrum qildi.

 

Mavzuga doir:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан