Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy pochta jo‘natmalaridan koronavirus yuqadimi?
27.01.2020 14:47,  
724

Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ustidan nazorat qo‘mitasi raisi Anna Popova pochta jo‘natmalari orqali koronavirus yuqishi mumkin emasligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

"Hozirgi kunda pochta jo‘natmalari orqali koronavirus yuqishi xavfi mavjud emas. Bir joydan ikkinchi joyga yuborilgan narsa-buyumlar orqali virus yuqishi holati isbotlanmagan", dedi Popova jurnalistlarga.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 80 nafardan, kasallanganlar soni esa 2400 nafardan oshgan. Xubey provinsiyasi va uning ma’muriy markazi Uxan shahrida zararlanishning eng ko‘p holati qayd etilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hali O‘zbekistonda bu virusga chalinganlar aniqlanmaganini ma’lum qildi. Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан