Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy raisi Si Szinpin koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxanga keldi (video)
11.03.2020 12:08,  
777

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 10 mart kuni mahalliy hokimiyat organlari tomonidan COVID-19 epidemiyasi bilan kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tekshirish uchun koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga keldi.

“RBK” xabar berishicha, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida Uxan shahrida tarqaldi.

Keyinchalik Xitoyning barcha hududlarida, shuningdek, Yaponiya, Tailand, AQSh, Fransiya, Italiya, Rossiya, Eron, Misr va boshqa mamlakatlarda koronavirusni yuqtirish holatlari aniqlandi.

XXR Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 koronavirusini 80 754 kishi yuqtirib olgan, ulardan 3136 nafari vafot etgan va deyarli 60 ming kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 112 427 kishi koronavirus bilan kasallangan. Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi koronavirus eng kamida 2020 yilning iyun oyiga qadar tarqalishda davom etishini e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан