Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy sayyohlar orqali koronavirusni "tarqatish"da ayblanmoqda
18.05.2020 18:40,  
571

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoyni dunyo bo‘ylab sayyohlarni infeksiyani tarqalishi uchun ataylab yuborganlikda aybladi.

“Uxanda nolinchi-bemor noyabr oyida paydo bo‘lgan edi. JSSTning qalqoni orqasida yashiringan xitoylar ikki oy davomida virusni dunyodan yashirdi va keyin uni tarqatish uchun Milan, Nyu-York va butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda yuz minglab xitoyliklarni yubordi", - deydi Trampning yordamchisi, Oq uyning milliy savdo kengashi rahbari Piter Navarro.

Navarroning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy virusni Uxanda to‘xtatib qola olar edi. Ammo buning o‘rniga hamma narsani pandemiyaga aylantirdi.

Navarroning chiqishi Tramp hukumatining Xitoy tomon yo‘llayotgan navbatdagi hujumi sanaladi.

Oldingi bayonotlarda, virus Uxandagi laboratoriyadan "chiqib ketgan" deb taxmin qilingan. Xuddi shu kabi ayblovlar The Daily Telegraph tomonidan nashr etilgan G‘arbiy maxsus xizmatlarning qo‘shma hujjatlarida e’lon qilingan.

Hujjatda aytilishicha, ko‘rshapalaklardan tarqaladigan koronaviruslar Uxan shahrida yillar davomida o‘rganilgan va SARS virusi asosida o‘zgartirilgan viruslarni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

AQSh ma’muriyati va kongress Xitoyga qarshi koronavirus haqidagi haqiqatni yashirganligi uchun iqtisodiy sanksiyalar tayyorlamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан