Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy TIV rahbari koronavirus kelib chiqishi jumbog‘iga aniqlik kiritdi
3.01.2021 13:29,  
622

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xinhua agentligi va XXR Markaziy televideniyesiga bergan intervyusida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarning aksariyati, koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘yicha alohida o‘choqlarda yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda, deya ma’lum qildi.


"Xitoyni noma’lum virus zabt etganida, u epidemiologik surishtiruv uchun tezkor choralarni qabul qildi, patogenni aniqlash va muhim ma’lumotlarni chop etish, shu jumladan virus ketma-ketligini aniqlash ishlarini olib bordi", - deb aytgan diplomat. Van I so‘zlaridan RIA Novosti XAA iqtibos keltirmoqda.
Bundan tashqari, Xitoy COVID-19 kasalligi haqida ma’lum qilgan birinchi davlat bo‘ldi, deya eslatib o‘tdi XXR TIV rahbari.
"Biz dezinformasiyaga qarshi kurash, ushbu holatni siyosiylashtirish va stigmatizasiyaga qarshi kurashda old qatorlarda turdik. Biz pandemiyaga qarshi kurashdagi ob’yektiv bayon va kollektiv xotira yolg‘on bilan buzilmasligini ta’minlash uchun qat’iy edik", - dedi u.


2019 yilning 31-dekabrida Xitoy hukumati JSSTga Xubey viloyatining Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani to‘g‘risida xabar berdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi COVID-19 deya nom berilgan yangi turdagi koronavirus edi. 11 mart kuni JSST koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik dunyo bo‘yicha 82 millionga yaqin kishiga yuqqan. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirganlar soni dunyoda 84 millionga yetgan. Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha AQSH, Hindiston va Braziliya yetakchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya, Fransiya, Britaniya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Kolumbiya kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан