Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy uchun yana bir sinov kelyapti: chigirtkalar hujumi
4.03.2020 14:53,  
3103

XXR qishloq xo‘jaligi va yaylov masalalari bo‘yicha davlat boshqarmasi mamlakat janubi-g‘arbi va shimoli-g‘arbida joylashgan hududlardagi dehqonlarni yaqin vaqt ichida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan chigirtkalar hujumi haqida ogohlantirdi. Idoraning bayonotida ushbu holatning salbiy ta’sirini kamaytirishga harakat qilinishi qayd etilgan, deyiladi “TASS” xabarida.

Bayonotga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki ikki oyida chigirtkalar Afrikaning bir nechta mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarar keltirgan. Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari ham xavf ostida qolgan, Xitoyga ham hasharotlar oqimi kirishi mumkin.

“Masala ishlab chiqarish xavfsizligiga bog‘liq va uning yechimiga bor diqqat-e’tiborimizni qaratishimiz lozim”, – deyiladi hujjatda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra XXRda chigirtkalar har yili taxminan 10 million gektargacha bo‘lgan maydondagi ekinlarga zarar keltiradi. Chigirtkalar bilan kurashda katta tajriba va ishlab chiqilgan texnologiyalar borligiga qaramay Xitoy hasharotlarning Hindiston va Pokiston hududiga o‘tishi mumkinligidan xavotirda.

“Yakunda Xitoy xavf ostida qolmoqda. Vaziyatni nazorat qilish uchun mamlakat hududlari kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim. Axborot almashinuvi va yangi texnologiyalar bilan o‘zaro hamkorlik asosida ushbu xavfga qarshi kurashish kerak” , – deyilgan bayonotda.

Chigirtka bir sutka ichida 120 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Katta chigirtkalar oqimida bir yarim milliardgacha urg‘ochi hasharotlar yo‘lida uchragan har qanday o‘simlikni yeb bitirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Xitoyda tarqalgan koronavirus butun dunyoda katta vahimalarni keltirib chiqarmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан