Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy va Rossiya yetakchilari Xitoyda AES qurilishining yangi bosqichiga start berdi
20.05.2021 20:19,  
86

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin videokonferensiya orqali muloqot qildi. Uchrashuvda tomonlar Xitoyda atom elektr stansiyasining yangi blokini qurish masalasini muhokama qilgan.

Uchrashuv asnosida ikki mamlakat rahbarlari Szyansu provensiyasidagi “Tyanvan” AESning yettinchi bloki va Lyaonin provinsiyasidagi “Syuydapu” AESning uchinchi bosqichini qurishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, atom elektr stansiyasi qurilishi bilan bog‘liq ikkala loyiha ham Rossiya tomonidan amalga oshiriladi. Ayniqsa, Tyanvan AES Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning ramzi hisoblanadi.

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasi yozishicha, 2021 yilda Rossiya va Xitoy o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida imzolangan shartnomaning 20 yilligi keng miqyosda nishonlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан